Qiziq bir voqeani bo’lishmoqchiman:
Dadamni bobosi(Ahmad bobo) 2-jaxon urushida qatnashgan, o’zini qarindoshlarga aytib berishi bo’yicha Berlingacha raqiblarni quvib borgan va uyga omon qaytgan kam sonli omadli* askarlardan bo’lgan.
Uyga qaytgandan so’ng oila qurib, 9 nafar farzandni otasi bo’lgan. Xaqiqiy iroda va qahramonlik timsoli.
Ammo, u inson haqida yana bir qiziq hikoya bor, tahminan 18-20 yoshlar atrofida bo’lganlarida:
U kishini otalari Ahmad bobomni chegara ortiga, Afg’onistonga, u davlatni o’rganishga yuboradi.
Sabab oddiy, rus mustamlakasi va umuman boshqa millat va boshqa din* vakillari hukumronligi ostida bundan buyon kun kechirish qanday bo’lishi qorong’u edi.
Oradan 3 kun o’tib, saxarlab bobom hafsalasi pir bo’lgan holda qaytib keladi va Afg’onistonga xech qachon bormaslik kerakligini va u yerda ahvol ancha yomonroq ekanligini aytadi va shu bilan bizni oilamiz Termizda, o’sha paytdagi O’zbekiston SSR hududida qolishadi.
Bobomni bu qilgan ishi biz avlodlari uchun 2-jaxon urushini borib yutib kelganidan kam salmoqli emas, balkim ko’proqdir ham.
Bu yil 110-yillik yubileyini nishonlagan Ahmad bobomga o’sha paytda qilgan qarori uchun rahmat aytmoqchiman, shu inson tufayli biz tinch yurtda tug’ilib katta bo’ldik.
August 10, 2026 416 4 2