Azizbek Makhmudov: post #868 — TG.ME

Bola o’qishni xohlamasa, majburlab o’qitish kerak deb aytardi rahmatli bobom.

Birinchi eshitgan paytlarim qo’shilmasdim bu gapga, o’ylardimki bolaga qo’yib berish kerak nimani xohlasa shu bilan shug’ullanishga.
Masalan, bir jiyanim futbolchi bo’laman deb fan to’garagiga bormay qolganda, uni qisman qarorini qo’llab quvvatlaganman.

Lekin, hozir fikrim biroz o’zgardi, yosh bola hali maktab davrida bo’lganda unga foydali odatlarni majburlab singdirish kerak ekan. Agar shunday qilsangiz, o’sha paytda bola ota-onasidan xafa bo’lib ulardan arazlashi mumkin, ammo yoshi katta bo’lganda butun umr rahmat aytadi.
Agar teskarisi bo’lsa, hozir qulog’ingiz tinch bo’ladiyu, lekin farzandingiz butun umr sizni ayblaydi uni qanday qilib bo’lsa ham o’qitmaganingizga.

Men bola o’qishni xohlamasa uni majburlab o’qitish kerak degan fikrni qo’llab quvvatlayman.
August 7, 2026 387 5 1