O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlariga xotin-qizlarni kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga qabul qilish uchun nomzodlardan hujjatlar qabul qilish yakunlandi.
Harbiy xizmatni tanlab, Vatan himoyachilari safidan o‘rin olish istagini bildirgan hamda hujjatlarini topshirgan barcha nomzodlarga bildirilgan qiziqish va ishonch uchun samimiy minnatdorlik bildiramiz.
Hujjatlari dastlabki o‘rganishga qabul qilingan nomzodlar bilan belgilangan reja-grafikka muvofiq saralash tadbirlari bosqichma-bosqich o‘tkaziladi.
Nomzodlardan saralash tadbirlariga belgilangan vaqtda ishtirok etishlari so‘raladi.