Saralash sinovlari rejasida belgilangan kunlarda uzrli sabablarga… — ArmyGovUz — TG.ME

❤️‍🔥❤️‍🔥❤️‍🔥 💙💙💙

🔸 Saralash sinovlari rejasida belgilangan kunlarda uzrli sabablarga ko‘ra saralash sinovlarida ishtirok eta olmagan nomzodlar 2026-yil 10-avgust kuni Toshkent shahrida o‘tkaziladigan saralash sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

🔸 Shuningdek, shu kuni muqaddam kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tagan nomzodlardan ham saralash sinovlari qabul qilinadi.

👤 Nomzodlar o‘zlari bilan:
🔹 Shaxsini tasdiqlovchi hujjat;
🔹 Ta’lim darajasini tasdiqlovchi attestat, diplom yoki sertifikatlar;
🔹Sog‘lig‘ining holati to‘g‘risida 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnoma;
🔹 Sport kiyimlari olib kelishlari lozim.

🗓 Sana: 2026-yil 10-avgust
📍 Manzili:
Toshkent sh. Mirzo Ulug‘bek tumani, Lashkarlar ko‘chasi, Mudofaa vazirligi Oliy sport natijalarini rivojlantirish markazi sport kompleksi (MHSK). Mo‘ljal: “Sayohat” mehmonxonasi.

⏰ Sinovlar boshlanish vaqti: 08:00
⚠️ Nomzodlardan belgilangan vaqtda yetib kelishlari so‘raladi.

Murojaat uchun:
🤙71-269-80-19
❤50-030-80-19

💠Bizni kuzatib boring

📱Telegram |📱 Instagram|
▶️Youtube   |©️⚖️
❤50👍31🫡20🤝5🔥3👌3
August 4, 2026 21.4K 244