Oʻ va Gʻ harflarini yozishdagi noqulayliklar hamda har xil tutuq belgilari sababli aybni alifboga agʻdarib, uni oʻzgartirish shart emas. “Toʻgʻri belgilarni chiqarishni avtomatlashtirish mumkin-ku”, dedim-da, ochiq kodli UzTypist utilitasini yaratdim.
UzTypist nima qiladi?
Windows OS uchun moʻljallangan ushbu ixcham dastur fonda ishlaydi va istalgan joyda matn terishni avtomatik ravishda toʻgʻri tipografiyaga moslaydi:
🔹 O' va G' deb yozishingiz bilan uni darhol toʻgʻri Oʻ va Gʻ harflariga oʻtkazib beradi.
🔹 Tutuq belgisi hamda qoʻshtirnoqlarni oʻzbek tili imlo qoidalariga moslaydi.
🔹 Qisqa va uzun tirelarni 2–3 marta minus (-) belgisini ketma-ket yozganda avtomatik almashtiradi (en-dash va em-dash).
🔹 Tizim resurslarini (RAM va CPU) deyarli sarflamaydi.
Qisqasi, odatdagidek yozaverasiz — dastur avtomatik toʻgʻrilaydi.
💻 Batafsil maʼlumot va dasturni yuklab olish uchun:
👉 https://github.com/abdurasilov/uz-typist
Gʻoya va dastur haqidagi fikrlaringizni izohlarda kutaman!






