ZAMON - qadriyatlarga asoslangan maktab | Xorazm: post #294 — TG.ME

🏫 Maktabimizda ilk faxriy yorliqlar topshiruv marosimi! 🎉

Yozgi ta’til arafasida maktabimizda esda qolarli tadbir tashkil etildi – bizning ilk o‘quvchilarimiz o‘zlarining tartibi, faolligi va ilmga bo‘lgan intilishi bilan faxriy yorliqlarga loyiq deb topildilar. 🏅

Bu faxriy yorliqlar – ularning bir yil davomida qilgan mehnati, sa’y-harakatlari va o‘sish yo‘lida qo‘ygan birinchi qadamlariga berilgan munosib e’tirofdir.

📌 Tadbir davomida o‘quvchilarimizga yorliqlar tantanali tarzda topshirildi. Ularning ko‘zidagi quvonch va g‘urur biz uchun eng katta mukofot bo‘ldi.

Yozgi ta’til ularning hordiq chiqarib, yangi bilimlarga tayyorgarlik ko‘rishi uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.

📱@zamonmaktab
❤4
May 30, 2025 470 2