Qanday qilib AI agentlar xavsizligini 3 ta oddiy qadam bilan mustahkamlash mumkin?
Bu qo'llanma o'zbekiston sharoiti va hozirgi AI trendlariga asoslangan
1. AI lar uchun alohida account ochish
Bu telegram, mac mini apple account yoki alohida google account bo'lishi mumkin. Lekin o'zingizning shaxsiy kompyuteringiz yoki biror google accountga dostup berish tavsiya etilmaydi. Chunki haker hujumiga uchralsa hamma ma'lumotlaringiz ketadi.
2. API va MCP larda cheklov
AI agentlaringizga limitlangan cheklov bering. O'chirib yuborish yoki admin role larini bermang. Agar ogohlantirishlarni hisobga olmasangiz va ma'lumotlaringiz o'chib ketsa jiddiy muammoga kirib qolasiz. Bu xato korporativ holatda kechirilmaydi!
3. AI agentlarni kimlar boshqara oladi?
AI agent hammaga ham bo'ysunishi kerak emas! Tekshiring aynan kimlar AI agentlarga yoza oladi? Hamma agentlardan foydalana olsa resurslar va qoidalar buzilib ketadi. Bu bo'yicha alohida org ishlab chiqish tavsiya qilinadi.
OpenClaw, Hermes da bu muammo oldindan yechilgan faqatgina ruxsat bilan kira olasiz. Lekin bu degani bu 100% ishonchli degani ham emas. Shu bilan birga Claude bilan yasalgan agentlarda buni qo'lbola kiritish kerak. Bu juda jiddiy resurslarga hujumga olib kelishi mumkin.
4. Ma'lumotlarni local saqlang
Kimningdur serveri yoki vps serverlarda saqlash yaxshi lekin hozirgi urushli vaziyatlarda serverlarga ham ko'p hujumlar bo'layabdi. Bu holatda hech kim sizga ma'lumotingiz xavfsiz turishiga kafolat bermaydi!
5. Prompt injection
AI larni skillar bilan ishlatish qulay, lekin tomoniki AI skillarda yashirin dekodlangan ma'lumotlar, linklar bo'ladi bu holatda siz qaysidur linkka kirib, to'ydagi rasm.apk fayllarini ochib telegramingizdan va kartangizdan ayrilganingizdek korporativ zarar ko'rishingiz mumkin. Zarar 10,000$ larda chiqadi.
Nima qilish kerak? Cheklist
• Oddiy avtorni tekshiring,
• Kimlar bu skillni gpairib chiqayotganini, skill descriptionlarni o'qing.
• OpenClaw va Hermes kutubxonalarida "shubhali" yozuvi bilan belgilangan skillarni yuklab olmang.
• AI agentdan avval chuqur tekshiruv o'tkazishini tekshiring. Pastda buning ham promptini qoldirdim
Byudjetga limit qo'ying, RAM va CPU ishltilinishiga e'tiborli bo'ling odatda hozirgi ishlarga katta RAM kerak emas lekin 90% hotira band bo'lishni boshlasa zudlik bilan chuqur tekshiruv o'tkazing, ora-orada 100% tozalov o'tkazib turing. BackUp bilan albatta!
Bu ma'lumotlar shaxsiy tajriba, keyslar va Stanford ma'lumotlariga asoslandi pastda O'zbekcha marketolog, oddiy odamlar va tadbirkorlarga mos tilda fayl qilib qoldirdim o'qib chiqing.
@muhammadkamilblog