Yozgi ta’til arafasida maktabimizda esda qolarli tadbir tashkil etildi – bizning ilk o‘quvchilarimiz o‘zlarining tartibi, faolligi va ilmga bo‘lgan intilishi bilan faxriy yorliqlarga loyiq deb topildilar.
Bu faxriy yorliqlar – ularning bir yil davomida qilgan mehnati, sa’y-harakatlari va o‘sish yo‘lida qo‘ygan birinchi qadamlariga berilgan munosib e’tirofdir.
Yozgi ta’til ularning hordiq chiqarib, yangi bilimlarga tayyorgarlik ko‘rishi uchun ajoyib imkoniyat bo‘ladi.





