ZAMON - qadriyatlarga asoslangan maktab | Xorazm: post #291 — TG.ME

9-MAY – XOTIRA VA QADRLASH KUNI MUNOSABATI BILAN TABRIKLAYMIZ!

Hurmatli ustozlar, ota-onalar va aziz o‘quvchilar!

Sizlarni 9-may – Xotira va Qadrlash kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz!

Bu sana – xalqimizning mardlik va jasorat, sabr-toqat va fidoyilik fazilatlarini yodga oladigan muqaddas kun. Aynan shu kunda biz yurtdoshlarimizning urush yillaridagi mashaqqatli hayoti, front ortidagi mehnati va bugungi tinch hayotimiz uchun qilgan beqiyos xizmatlarini chuqur ehtirom bilan yodga olamiz.

Shu ulug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga, ayniqsa, faxriylarimizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr va oilaviy baxt tilaymiz. Vatanimiz doimo tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin!

Hurmat bilan, Zamon Maktabi ma’muriyati

📱@zamonmaktab
👍1
May 9, 2025 417 5