Assalamu aleikum ✨ Alhamdulillah, bugun sizlarning ko‘magingiz bilan… — Zakot kóprigi 🫂 — TG.ME

Assalamu aleikum ✨ Alhamdulillah, bugun sizlarning ko‘magingiz bilan yana bir muhim ish amalga oshirildi. Avval murojaat qilgan xonadonga tashrif buyurildi. Ularning holati o‘rganilib, zarur oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, dori-darmon xarajatlari uchun ham moddiy yordam topshirildi. ● Mazkur ezgu ishda o‘z hissasini qo‘shgan barcha ehson qiluvchilarga hamda tashkilot ishlarida faol ishtirok etgan insonlarga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Alloh qilgan har bir yaxshiligingizni qabul qilib, o‘zingizga va yaqinlaringizga baraka ato etsin 🤲🏻 ● Ba’zan bir kichik yordam kimningdir butun kunini, balki butun hayotini yengillashtiradi… Bugun sizlar sabab bir oila o‘zini yolg‘iz his qilmadi. ● Unutmang, yaxshilik hech qachon yo‘qolmaydi. U albatta qaytadi — balki siz kutmagan paytda, siz kutmagan shaklda… Birgalikda biz ko‘p ish qila olamiz. 💗 @zakotimiz

April 11, 2026 188 2 2