Yagona uzr — bu o‘lim.
Bir tolibi ilm shunday hikoya qiladi:
“Men shayxim huzurida ilm olayotganimda, bir kuni sharoitim sabab dars qoldirishga majbur bo‘ldim. Keyingi safar kelganimda, ustozimda oʻzimga nisbatan jahlni koʻrdim. Men sababimni tushuntirmoqchi bo‘ldim: “Mening yo‘qligim sababi shuki…”
Lekin qoʻllari bilan ishora qilib meni to‘xtatdilar va dedilar:
“Senga hali ham nafas olayotganingning o‘zi kifoya”.
Men:“Tushunmadim”.
Shunda ustozim dedilar:
Agar kasal bo‘lsang, darsga kel.
Agar yashashing taqdir qilingan bo‘lsa, Qur’onda shifo topasan. Agar bu o‘limga olib boruvchi kasallik bo‘lsa, ilm talabidagi holingda jon berayotgan bo‘l. Agar muammoga duch kelsang , darsga kel va Qur’on barakasi sabab Robbingdan najot so‘ra. Agar huzuringga mehmon kelsa, uni ham o‘zing bilan darsga olib kelib, unga hurmat koʻrsat. Balki u sen sabab hidoyat topar.
So‘ng shunday dedilar:
“Men sendan darsni qoldirish uchun faqat bitta uzrni qabul qilaman — agar menga: “U vafot etdi”, deb aytishsa.
Qasamki, shundan keyin men yana darsni qoldirishga majbur qiladigan biror sabab topa olmadim.”
olindi | Favaniyaa














