Universitetda bir o‘quv yili 2 ta semestrga bo‘linadi. Birinchi semestr dekabr oyi oxirida, ikkinchi semestr esa may oyi oxirida yakunlanadi.
Talabalar ushbu 2 ta semestr yakuni bo‘yicha umumiy fanlardan imtihon topshirishadi.
Imtihon jaryonlari yo‘nalishlar va fanlar majmuasidan kelib chiqqan holda test, yozma, og‘zaki yoki amaliy tarzda bo‘lib o‘tadi.
Har bir fan doirasida to‘planishi mumkin bo‘lgan maksimal ball 100 ga teng. Mazkur 100 ball taqsimoti ikkiga bo‘linadi:
Darslar davomida fan o‘qituvchisidan — 30 ball
Yakuniy nazorat imtihonidan — 70 ball
Talaba bitta fandan o‘tishi uchun eng kamida 60 ball to‘plashi lozim. Yakuniy natijalarga ko‘ra, fanlardan 59 va undan past ball olgan talabalar fanni o‘zlashtira olmagan deb hisoblanadi va qayta topshirish imtihoniga qoldiriladi.
Birinchi marta qayta topshirish imtihonlarida ishtirok etish bepul. Talaba bu imkoniyatdan ham foydalana olmasa, keyingi imtihonlar pulli shaklda topshiriladi.
Shuningdek, imtihonda sababsiz qatnashmagan, belgilangan vaqtda kelmagan yoki imtihon paytida ichki tartib-qoidalarni buzgan talabalar ham qayta topshirish imtihoni uchun pul to‘lashadi.
Imtihon materiallari va namunaviy savollar to‘plami umumiy imtihon jarayonlari boshlanishidan 1 hafta oldin taqdim etiladi.



