Bugun, 2-sentyabr sanasidan respublikadagi barcha maktablarda yangi o‘quv yili boshlandi.
Shuningdek, bugundan akademik litsey va texnikumlarda ham yangi o‘quv yiliga mo‘ljallangan darslar boshlandi.
7-sentyabr, dushanba kunidan barcha davlat oliy ta’lim muassasalarining 1-bosqich talabalari uchun yangi o‘quv yili start oladi.
14-sentyabr, dushanba kunidan oliygohlarning 2-kurs va undan yuqori bosqich talabalari uchun darslar boshlanadi.
Toshkent Kimyo xalqaro universitetining kunduzgi va kechki ta’lim shaklidagi barcha bosqich talabalari uchun darslar 7-sentyabr sanasidan start oladi.







