Eng ko‘p takrorlanayotgan savollarga umumiy javoblar! ❓Savol: O‘qish… — Ytittalaba | Shinwoo — TG.ME

⚡️ Eng ko‘p takrorlanayotgan savollarga umumiy javoblar!

❓Savol: O‘qish qachondan boshlanadi?
💯Javob: 7-sentyabr, dushanba kunidan

❓Savol: Tanishuv haftaligida universitetga borish kerakmi?
💯Javob: Yo‘q, shart emas

❓Savol: 1-kurs talabalar uchun qachon shaxsiy kabinet ochiladi?
💯Javob: 7-sentyabrgacha

❓Savol: Dars jadvali qachon e’lon qilinadi?
💯Javob: 7-sentyabrgacha

❓Savol: Ichki perevod natijalari qachon e’lon qilinadi?
💯Javob: Yangi o‘quv yili boshlanishigacha va sentyabr oyi davomida

❓Savol: Kursdan-kursga o‘tmagan talabalar qaysi guruh darslariga borishadi?
💯Javob: Talabalar o‘z guruhlari bo‘yicha darslarda ishtirok etishadi

❓Savol: 7-sentyabr kuni 1-kurs talabalar qaysi xonaga borishlari kerak?
💯Javob: student.kiut.uz sayti orqali guruhini aniqlashtirgan talabalar o‘z guruhlari uchun belgilangan dars xonalariga borishadi. Guruhini bilmagan talabalar tegishli dekanatlariga murojaat qilishadi

❓Savol: Dekanatlar qaysi xonada joylashgan?
💯Javob: Mana bu havola ostida dekanat xonalari va telefon raqamlari ko‘rsatib o‘tilgan

❓Savol: 1-kurslar uchun qachon talabalik ID kartasi beriladi?
💯Javob: Oktyabr oyi o‘rtalarigacha tegishli ID kartalar taqdim etiladi. Ungacha talabalar pasport yoki fuqarolik ID kartasi bilan universitet hududida harakatlanishadi

❓Savol: Ertalabki darslar endi soat 8 dan boshlanadimi?
💯Javob: Birinchi smena darslar boshlanish vaqti soat 08:00 ga ko‘chirilgan. Lekin bu barcha guruhlar uchun taalluqli emas. Dars jadvalida birinchi dars soat nechiga belgilansa, shu vaqtda darsga borish kerak

👉 @ytittalaba
❤48❤‍🔥4🙏4😁3🕊1🌚1👨‍💻1🤝1
September 1, 2026 4.8K 138