Universitetdagi 1-smena darslari soat 08:00 da boshlansa, barcha kunduzgi ta’lim shakli talabalari shu vaqtda darsga borishmaydi.
O‘quv bo‘limi tomonidan har hafta avvalida yo‘nalishlar va guruhlar kesimida alohida dars jadvali e’lon qilinadi.
Jadvalda ayrim kundagi dars soatlari 09:00 dan, yana ayrim darslar esa 11:00 dan boshlanishi mumkin. Odatda darslar boshlanish vaqti va dars xonalari doimiy o‘zgarib turadi.
Ya’ni, universitetda yarim semestr yoki to‘liq bir o‘quv yiliga mo‘ljallangan qat’iy dars jadvali tuzilmaydi. Talabalar bitta dars jadvali bilan cheklanib qolishmaydi.
Talabalar ayniqsa, guruh sardorlari o‘quv bo‘limi tomonidan e’lon qilinadigan haftalik dars jadvalini muntazam kuzatib borishlari va shu bo‘yicha harakatlanishlari so‘raladi.






