Talabalar diqqatiga! Toshkent Kimyo xalqaro universitetida yangi… — Ytittalaba | Shinwoo — TG.ME

⚡️ Talabalar diqqatiga!

Toshkent Kimyo xalqaro universitetida yangi o‘quv yili 7-sentyabr, dushanba kunidan boshlanadi.

😊 Universitetning kunduzgi va kechki ta’lim shaklining barcha bosqich talabalari ushbu sanadan boshlab darslarda ishtirok etishadi.

Mazkur hafta yakunida o‘quv bo‘limi tomonidan yo‘nalishlar va guruhlar kesimida dars jadvali e’lon qilinadi. Talabalar o‘zlariga belgilangan darslarda qatnashishadi.

👍 Tibbiyot yo‘nalishidagi talabalar universitetning M va MA binolariga borishadi. Qolgan barcha yo‘nalish talabalari uchun darslar asosiy binoda bo‘lib o‘tadi.

Tibbiyot binosi manzili: Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi 19.

📍 Geolokatsiya

Asosiy o‘quv binosi manzili: Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Shota Rustaveli ko‘chasi 156.

📍 Geolokatsiya

Boshlanayotgan yangi o‘quv yilida barcha talabalarga sabr-toqat, kuch-quvvat va muvaffaqiyat tilayman!

👉 @ytittalaba
❤34👍11🔥9❤‍🔥1🙏1🕊1💯1
August 31, 2026 3.9K 55