2026/2027-oʻquv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy taʼlim tashkilotlarida birinchi smenadagi oʻquv mashgʻulotlari soat 08:00 da boshlanadi.
Mazkur tartib poytaxtda transport oqimini samarali tashkil etish, ertalabki va kechki tigʻiz vaqtlarda yoʻllardagi yuklamani kamaytirish hamda taʼlim jarayonini yanada maqbul tashkil etishga qaratilgan.
Taʼlim tashkilotlarida oʻquv mashgʻulotlarini belgilangan vaqtda boshlash, oʻquv jarayonini tegishli ravishda tashkil etish va talabalar uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlash boʻyicha tegishli choralar koʻriladi.
Manba






