Toshkent Kimyo xalqaro universitetining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha darslar haftada 5 kun (dushanba — juma) tashkil etiladi.
Odatda dars soatlari, auditoriyalar va tanaffus vaqti turli vaqtlarga belgilanadi. Darslarning boshlanish vaqti 09:00, tugash vaqti esa 15:50 bo‘ladi.
Har hafta avvalida universitet o‘quv bo‘limi tomonidan yangi hafta uchun guruhlar kesimida dars jadvali e’lon qilinadi. Talabalar yangilangangan dars jadvali orqali harakatlanishlari kerak.
Universitetda talabalar uchun qat’iy belgilangan forma mavjud emas. Ammo, rahbariyat talabalardan imkon qadar etika va estetika qoidalariga muvofiq kiyinishni so‘raydi.
Talabalarning darslarda ishtirok etishi va umumiy davomati attendance.kiut.uz sayti orqali onlayn tarzda nazorat qilib boriladi. Darslarda ishtirok etmagan talabani hech kim “Nega darsga kelmading?”, deb bezovta qilmaydi.




