Ulg'ayish haqida
Men bolalik xotiralarimdagi ota-onamning yoshiga yaqinlashib borar ekanman o'zimni hech ham katta insondek his qilayotganim yo'q, bil'aks, onda-sonda o'zimni hali ham bola deb o'ylayman.
Bolalikda men kattalarga qarab ularni mukammal,
qo'rquvsiz,
qat'iyatli va
ishonchi mustahkam deb o'ylardim.
Ammo o'zim ham katta bo'lgach shuni tushunyabmanki hammasi o'ylaganimchalik emas. Qo'rquv, ikkilanish, xatolar kattalar hayotidagi doimiy hamrohlardan bo'lib qolaveradi.
Qanchalik bot-bot o'zimga takrorlamay "men ulardan ustunman" deb, yo'q, ba'zan ular — qo'rquv, ikkilanish va xatolar mendan ustun keladi.
Bolalikda inson biror kattaroq insonga muhtoj bo'lgani kabi ulg'aygach ham inson biror kattaroq insonga muhtoj bo'laveradi.
Qiziq to'g'rimi?
Hayotni butun boshli kitob desa bo'ladi. O'qiganing sari tugamaydi.
Balki shu sababdan insonni faqat yillar ulg'aytirmas. Balki anglash insonning ulg'ayishiga sabab bo'lar.
Ya'ni, insonni boshqalarning ko'zida ulg'aygan, yetilgan qilib ko'rsatadigan ba'zi jihatlar bor.
Masalan o'tmish uchun boshqalarni aybdor qilmaslik,
o'z hayoti uchun ma'sulyatni olish,
oxir-oqibat kechirish.
Oddiy eshitiladigan bu jihatlar aslida favqulotda juda foydali. Inson o'z hayot yo'lini qurishida ham katta yordam beradi, yengillik yaratadi.
Mening aniq va mantiqiy xulosam shuki, haqiqiy ulg'ayish o'zingni katta his qilish emas. Balki hayotni chuqurroq tushunib borishdir.
@Yozuvxona