"Xozir odamlar namoz o'qimay qo'ydi. Faqat nigoh, janoza va shunga o'xshash narsalar uchun imomga muhtoj bo'ladilar. Kommunistlar har bir imomga maosh belgilab, ularni masjidga arqonsiz bog'lab qo'ydi. Lekin bu maoshlari juda ozligi uchun kasb qilishga ehtiyoj sezadilar".
Bu iqtibos A'zam Hoshimiyning "Alvido vatan" asaridan edi. Haqiqatdanda ajoyib va betakror asar ekan. Hayronman nega avval bu asar haqida eshitmaganimga, yokida kimdir tavsiya ham qilmaganiga. Yaqinda safar paytidagi hamrohlarim tomonidan tavsiya etildi va ulardan Alloh rozi bo'lsin. Men ham bu asarni har bir o'zbekman, musulmonman degan insonga tavsiya beraman.
Bu iqtibosni ko'rib bir his o'tdi, biz hozir mustaqilmiz, erkinmiz, ilm olishga qodirmiz, ibodatlarga qodirmiz. Lekin men, siz va hammamiz qandaydir e'tiborsizmiz-a? Bu bizni "shukr"imiz va amallarimizga berilgan javob bo'lsa kerak degan fikr o'tdi. Hammamizni isloh bo'lishimizda Alloh yordam bersin, zero men va siz o'zgarsangizgina jamiyat o'zgaradi, chunki jamiyat - men va sizdek a'zolardan iborat.