Qozog‘iston fuqarolari Xitoy bilan chegarada soqolli erkaklarni ortga qaytarishayotgani yoki kirishdan oldin soqolini qirishni so‘rashayotganini ma’lum qilgan. “Ulysmedia. kz” xabariga ko‘ra, fuqarolar bunday tekshiruvlarga Xorgos hududida duch kelgan.
Sayohatchi Shingis Kudaybergenovning ta’kidlashicha, bunday tekshiruvlar bir necha kundan beri amalga oshirilmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, soqolli erkaklarni politsiya xodimlari kutib olib, soqol oladigan ustara tutqazmoqda va jarayonni videoga tushirishayotgan bo‘lishi mumkin.
Ochiq manbalarda migrantlarning Xitoyga soqol bilan kirishini taqiqlovchi yangi qoida haqida hozircha rasmiy xabarlar berilmagan.













