“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga ko‘ra, har yili har bir viloyatdan jami 150 nafar xotin-qizning kontrakti to‘lab beriladi.
🔰Har yili har bir viloyatdan 150 nafar talaba qizning o‘qishi uchun davlat hokimliklari tomonidan kontrakt puli to‘lab beriladi. Ularning 40 tasi 1-kurs, 100 tasi 2 va undan yuqori kurs bo‘lishi kerak.
– Kam ta’minlangan oilalarning qizlari (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” bo‘yicha);
– yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba qizlar
– voyaga yetmagan farzandlarini yolg‘iz tarbiyalayotgan, boquvchisini yo‘qotgan (beva) ayollar qizlari.
❗️Eslatma: ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha o‘qiyotgan va O‘zbekistondagi xorijiy yoki xususiy oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan qizlarga kontrakt toʻlab berilmaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarni kuzatib boring:
