Hurmatli Rahimboy Sobirovich! Kutubxona sohasida uzoq yillar samarali… — Xonqa tumani Axborot-kutubxona Markazi|Rasmiy| 🇺🇿 — TG.ME

Hurmatli Rahimboy Sobirovich!

Kutubxona sohasida uzoq yillar samarali mehnat qilib, O'zbekistonda kutubxonachilik sohasini yangi pog'onaga chiqishida, viloyat va tumanlarda axborot-kutubxona muassasalari ko'payishida, kutubxonalarda yosh avlodni vatanparvarlik hamda milliy istiqlol va ijtimoiy taraqqiyot g'oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda ko'plab ahamiyatli loyihalar bilan bizga ustozlik qilib kelayotgan, bundan tashqari “Mustaqillikning 35 yilligi” esdalik nishoni bilan ham taqdirlangan Mahmud Zamaxshariy nomidagi Xorazm viloyati axborot-kutubxona markazi direktori Kurbonov Rahimboy Sobirovichning qutlug' tavallud ayyomi bilan Xonqa tumani axborot-kutubxona markazi jamoasi nomidan qutlab, mustahkam sog'lik, ishlarida rivoj, istiqbolli tashabbuslar va g'oyalar ijobatini tilab qolamiz.
August 29, 2026 35