🌱 FAO Farg‘ona vodiysida iqlimga mos qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorladi
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida iqlimga mos qishloq xo‘jaligi bo‘yicha trenerlar tayyorlash kurslarini o‘tkazdi. Dasturda 38 nafar mutaxassis va fermer qatnashdi.
O‘quvlar tuproq va suv resurslaridan samarali foydalanish, iqlim o‘zgarishiga chidamli ekinlarni yetishtirish hamda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etishga qaratildi.
📊 Kurslarda oliygohlar, agrar tashkilotlar, hududiy qishloq xo‘jaligi xizmatlari markazlari va tajribali fermerlar vakillari ishtirok etdi. Trenerlar tayyorlash modeli orqali olingan bilimlar keyinchalik boshqa fermer va kichik xo‘jaliklarga yetkaziladi.
Loyiha Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligining iqlim o‘zgarishiga chidamliligini oshirish, hosildorlikni ko‘paytirish va fermerlar iqtisodiy samaradorligini yaxshilashga qaratilgan.



















