Amerikada Kolumbiya universiteti talabasi matematika leksiyasida uyquga ketib qoldi.
Uyg‘onib, dars tugagandan keyingi guvullayotgan ovozlarni eshitib, doskada ikki masala yozilganini ko‘rdi.
«Uyda yechaman», — deb o‘yladi u. Ammo ishga o‘tirgach, masalalar juda qiyin ekanini anglab yetdi.
Shunga qaramay, ortga chekinmadi — kutubxonaga bordi, adabiyotlar topdi, butun vaqt va kuchini shu ishga bag‘ishladi.
Keyingi leksiyada u hayrat bilan ko‘rdi: professor o‘tgan safargi topshiriqlarni tekshirishga shoshilmayapti. Shunda talaba qo‘lini ko‘tarib so‘radi:
— Professor, nima uchun o‘tgan safar bergan masalalarni tekshirmayapsiz? Ular majburiy emasmi?
Professor kulumsirab javob berdi:
— Azizim, ular hech qanday vazifa emas edi. Men sizlarga faqat shu vaqtgacha hech kim hal qila olmagan matematik muammolar namunalarini ko‘rsatgandim.
Talaba hayajonlanib qoldi va qiynalibgina pichirladi:
— Lekin men ularni yechdim…
Rostdan ham, uning yechimlari tan olindi. Bu masalalar bo‘yicha yozilgan to‘rtta ilmiy ish hali ham universitetda saqlanadi — inson ruhining hayratlanarli kuchi isboti sifatida.
Hammasi shuning uchun bo‘ldiki, u leksiyada uyquga ketgani uchun «Bu masalalar yechilmaydi» degan so‘zlarni eshitmadi.
U «imkonsiz» degan so‘zni bilmasdi — va shu sababli uni mumkin qildi.
Haqiqat esa shundaki:
Sizga «qodir emassiz» deydiganlarga ishonmang. Boshqalarning chegaralarini o‘zingiznikiga aylantirmang. Inson o‘ziga ishonsa, hammasini qila oladi.
Eng muhimi — oldinga intilish, yana-yanadan urinish va hech qachon taslim bo‘lmaslikdir.
👉 Maktabda Informatika