Fazo o'lchamlari ❕❕❕
Talablarga binoan
1. 0 o'lcham. Bu faqat oddiygina nuqta, uning kechligi ham, eni ham, bo'yi ham yo'q. U shunchaki 0 o'lchamli va siz unga qanchalik uzoqdan yoki yaqindan qarasangiz ham u umuman o'zgarmaydi va bir xil ko'rinadi.
2. 1 o'lcham. Bu esa hammamiz bilgan o'sha to'gri chiziq. Faqat bittagina yo'nalishga ega, bu bir o'lcham deganidir. Faqatgina uznlikka ega, yuza yoki hajm kabi o'lchamlari yo'q.
3. 2 o'lcham. Biz buni tekislik deb ataymiz. U bo'y va en kabi o'lchovlarga ega bo'lib, yuzasi ham mavjud. Lekin hajmi mavjud emas. Doskaga yoki qogozga yozilgan har qanday narsani 2 o'lchamli deyish mumkin.
4. 3 o'lcham. Bu biz yashayotgan o'lchamdir (ko'p odam biz 4 o'lchamda yashaymiz deb aytishadi. Lekin bu noto'g'ri. Buni tushuntirib berishim mumkin. Mana: Qanaqadir o'lchamda yashash degani, o'sha o'lchamdagi kattaliklarni ko'ra olish, yoki ushlay olish deganidir. Biz faqat 3 ta o'lchamni ko'ramiz, en, bo'y va balandlik. Biz bularni ko'ramiz, ushlaymiz va boshqara olamiz. Biz umuman 4 o'lchamni ko'rmaganmiz.)
O'lchamlar balandlik, en va bo'y
5. 4 o'lcham. Bu o'lcham haqida katta malumotga ega emasmiz. Lekin ayrim tasavvur va taxminlar mavjud. Bu yerda qo'shimcha o'lcham vaqt. Bu degani agar siz 4 o'lchamga o'tsangiz vaqtni ko'ra olasiz. Uni boshqarishingiz ham mumkin bo'ladi.
6. 5 o'lcham. Qo'shimcha o'lchamlar vaqt va gravitatsiya. Xuddi Interstellar filmidagi kabi. O'ylaymanki astronmiyaga qiziqqan har bir odam bu filmni allaqachon bir-necha marta tomosha qilgan.
https://t.me/fizikamathgeom