Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi: #1825-post — TG.ME

#taqdimot

✅Namangan viloyatida ona tilimiz rivojiga bagʻishlangan yangi kitoblar taqdimoti yuqori saviyada o‘tkazildi.

✅2026-yilning 15-sentabr kuni Namangan shahridagi Nodirabegim nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazida oʻzbek tili va adabiyoti xazinasini boyitishga xizmat qiluvchi uchta yirik asar — 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi”, “Oʻzbek adabiy tili imlo qoidalarining shakllanish tarixi” hamda “Oʻzbek tili omonimlari lugʻati” kitoblarining rasmiy taqdimot marosimi boʻlib oʻtdi.

✅Mazkur nufuzli tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tilini rivojlantirish departamenti, Oʻzbek tilini rivojlantirish jamgʻarmasi, Davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazi, Namangan viloyati hokimligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamkorligida tashkil etildi.

➡️batafsil

✈️Telegram | ™️Facebook | 📺 Youtube
👍3
September 17, 2026 1.4K 5