Oddiy shashka o‘yini endi yangicha formatda! O‘yin davomida nafaqat g‘alaba uchun kurashasiz, balki o‘zbek tilidagi rasmiy va sohaviy atamalarni ham o‘rganasiz.
O‘yin qoidalari juda oddiy: Har bir tosh harflardan iborat. Raqib toshini urib olsangiz, uning harfi sizning hisobingizga o‘tadi. Berilgan so‘zning rasmiy muqobilini doskadan birinchi bo‘lib yig‘gan o‘yinchi g‘olib bo‘ladi!
74 ta murakkab va qiziqarli bosqich sizni kutmoqda. Barchasini yakunlay olasizmi?
Maqsad — rasmiy muomalaga kiritilgan o‘zbekcha so‘zlarni targ‘ib qilish va amaliyotga keng joriy etish.