#jarayon
Farg‘ona viloyati va Qo‘shtepa tumani bo‘ylab ma’rifiy uchrashuvlarni o‘tkazgan mehmonlar qishloq xo‘jaligi zahmatkashlarini ham e’tibordan chetda qoldirmadilar. Mutasaddilar tumandagi "Qoraqushchi-Otaboyev" MMTPga qarashli "Jo‘rabek Qodir yeri" fermer xo‘jaligiga tashrif buyurib, dalada mehnat qilayotgan ilg‘or terimchilar bilan ko‘rishdilar.
Tadbirda ishtirok etgan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi direktori Azizjon Eminov, Davlat tilida ish yuritish asoslarini o‘qitish va malaka oshirish markazi direktori, professor Inomjon Azimov hamda Farg‘ona viloyati hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sohibjamol Tongotarova terimchilar bilan samimiy suhbatda bo‘ldilar.
Suhbat davomida paxtani yig‘ib-terib olish ishlariga qo‘shayotgan hissalari hamda o‘z oilalari iqtisodini ko‘tarish yo‘lidagi fidokorona mehnatlari uchun paxtakorlarga chuqur minnatdorchilik bildirildi.
Daladagi qizg‘in mehnat jarayonida paxtakorlarga ma’naviy hordiq va ko‘tarinkilik bag‘ishlash, ularni rag‘batlantirish maqsadida mehmonlar tomonidan ilg‘or terimchilarga kitoblar hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Telegram |
Facebook |
Youtube
1September 17, 2026 123





