O‘zDJTUda qizlar uchun “UzSWLU Himoya Bot” ishga tushirildi… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTUda qizlar uchun “UzSWLU Himoya Bot” ishga tushirildi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-qizlarining murojaatlarini tezkor qabul qilish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda tegishli mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’minlash maqsadida “UzSWLU Himoya Bot” ishga tushirildi.

📌 Bot orqali quyidagi holatlar yuzasidan murojaat qilishingiz mumkin:

🔹 tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan bo‘lsangiz;
🔹 psixologik yordam va ko‘makka ehtiyoj sezsangiz;
🔹 jinoyat yoki huquqbuzarlik holatlaridan xabardor bo‘lsangiz;
🔹 o‘zingiz yoki tanishingiz zo‘ravonlik, tazyiq yoki boshqa noxush holatga duch kelgan bo‘lsa;
🔹 qizlar va xotin-qizlarning huquq va manfaatlariga daxldor boshqa muhim masalalar yuzasidan murojaat qilmoqchi bo‘lsangiz.

❗ Har bir murojaat e’tiborsiz qoldirilmaydi. Murojaatlar universitet mas’ullari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.

🔒 Murojaatlarning maxfiyligi ta’minlanadi. Muammoga duch kelgan bo‘lsangiz, yordam so‘rashdan tortinmang.

🤖 Bot: @murojaatlar_uzswlu_bot

📲 O‘zingiz yoki yaqinlaringiz duch kelayotgan muammo haqida murojaat qilish uchun botdan foydalaning.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤7👍2
October 6, 2026 4.6K 20