Rus filologiyasi fakultetida shanbalik osh: mehr-oqibat, hamjihatlik… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

🍚 Rus filologiyasi fakultetida shanbalik osh: mehr-oqibat, hamjihatlik va milliy qadriyatlar ifodasi! ❤️

Bugun, 17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Rus filologiyasi fakultetida samimiyat, mehr-oqibat va birdamlikka boy o‘zgacha muhit hukm surdi!

🌿 Shanbalik hashari nafaqat obodonlashtirish va ezgu mehnat tadbiri, balki ustozlar hamda talabalarni birlashtirgan hamjihatlik va ahillik bayramiga aylandi.

🥘 Xalqimizning go‘zal milliy an’analariga muvofiq, fakultet dekani A. Raxmonov talabalar uchun o‘z qo‘llari bilan mazali osh tayyorladi. Shuningdek, fakultetning IPMBIB mutaxassisi I. Sadiyeva tomonidan ham talabalar uchun dasturxon tashkil etildi.


Birgalikdagi samarali mehnatdan so‘ng yozilgan fayzli dasturxon, samimiy suhbatlar va ko‘tarinki kayfiyat ushbu kunni yanada mazmunli va unutilmas qildi.

✨ Zero, talabalik davri nafaqat ma’ruzalar, seminarlar va imtihonlardan, balki ustozlarning mehr-e’tibori, samimiy uchrashuvlar, beg‘ubor tabassumlar va bir umr xotirada qoladigan yorqin lahzalardan ham iborat.

Bir dasturxon atrofida jam bo‘lgan ustoz va talabalar o‘rtasidagi bunday uchrashuvlar o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va jamoaviy birdamlikni yanada mustahkamlaydi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤20🔥4🎉3👏2👍1
October 17, 2026 2.1K 20