Sovrin jamg‘armasi 111 million so‘m bo‘lgan tanlovga start berildi!… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

Forwarded fromYOYoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🇺🇿Sovrin jamg‘armasi 111 million so‘m bo‘lgan tanlovga start berildi!

🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan “Til bilimdonlari” respublika tanlovini eʼlon qiladi.
🟥Tanlovda barcha (davlat, xususiy va xorijiy) oliy ta’lim tashkilotlari (bakalavr va magistr) talabalari hamda texnikum, kollej va litsey o‘quvchilari @tiluzbot orqali ro‘yxatdan o‘tib, ishtirok etishi mumkin.


✅Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.
🔵1-o‘rin – 8 million so‘m;
🔵2-o‘rin – 6 million so‘m;
🔵3-o‘rin – 5 million so‘m;
🔵4-o‘rin – 3 million so‘m;
🔵5-o‘rin – 2 million so‘m;

🗣Shuningdek, hududiy bosqich g‘oliblari ham o‘zi tahsil oladigan oliy talim tashkiloti tomonidan mos ravishda 1-o‘rin bazaviy stipendiya miqdorining 4 barobari, 2-o‘rin 3 barobari va 3-o‘rin 2 barobari miqdorida pul yutuqlariga ega bo‘ladi.

➡️Tanlov nizomi bilan tanishish

Aziz talaba-yoshlar, tanlovda faol ishtirok eting, o‘zbek tili bo‘yicha bilimingizni sinovdan o‘tkazing va g‘oliblar qatoridan joy egallang.
❤7👍1🔥1
September 30, 2026 1.9K 26
Sovrin jamg‘armasi 111 million so‘m bo‘lgan tanlovga start berildi!… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME