O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Ingliz filologiyasi fakultetida tashkil etilgan talabalar uchun
“Sun’iy intellekt savodxonligi” to‘garagiga taklif qilamiz!
To‘garak maqsadi:
Talabalarda sun’iy intellekt va zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalangan holda tajriba, tahrir, tadqiqot, kontent yaratish va professional ko‘nikmalarni rivojlantirish.
To‘garakda siz qanday ko‘nikmalar olasiz?
Sun’iy intellekt platformalaridan amaliy foydalanish;
Tarjima va filologiya sohasiga doir real loyihalar;
Prompt engineering va kontent yaratish;
Matn, audio va video kontent yaratish;
Raqamli vositalar va AI platformalar integratsiyasi;
Loyiha va portfolio tayyorlash;
AI etikasi va akademik halollik;
Kelajak kasbi uchun zarur kompetensiyalar.
To‘garak rahbarlari:
Pazilova D. X.
“Zamonaviy axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
Qodirberganova Sh. Sh.
“Zamonaviy axborot texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchisi
Sun’iy intellekt bilan birga yangi imkoniyatlarga ochiling!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt


