O‘zDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETMOQDALAR… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

O‘zDJTU PROFESSOR-O‘QITUVCHILARI XALQARO FORUMDA ISHTIROK ETMOQDALAR

Ayni kunlarda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Nemis filologiyasi kafedrasi professor-o‘qituvchilari Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahrida o‘tkazilayotgan IV Markaziy Osiyo nemis tili o‘qituvchilarining xalqaro forumida faol ishtirok etmoqdalar.
Forum doirasida zamonaviy tilshunoslik, nemis tilini o‘qitish metodikalari hamda innovatsion yondashuvlar yuzasidan ilmiy-amaliy fikr va tajriba almashilmoqda. Shuningdek, O‘zDJTU hamda Roman-german filologiyasi fakultetining ilmiy-ta’limiy salohiyati, xalqaro hamkorliklari va talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar taqdim etilmoqda.
Tadbir davomida xorijiy hamkasblar bilan yangi akademik aloqalar o‘rnatilib, nemis tili ta’limini rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kengaytirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinmoqda.
🌐 Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz:
Telegram     Instagram
❤11👍4
September 26, 2026 2.9K 3