O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ: пост #67072 — TG.ME

⚽️ Sport — sog‘lom turmush tarzi garovi!

Xalqaro jurnalistika fakulteti tyutori M. Abdullayeva tashabbusi bilan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, jismoniy faolligini oshirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida muntazam faoliyat yuritib kelayotgan futbol to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulotda Siyosatshunoslik yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etib, futbol sir-asrorlarini o‘rganish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash va sport mahoratini oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur to‘garak talabalarning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sport orqali do‘stlik va hamkorlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

📝Xalqaro jurnalistika fakulteti ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

📱Telegram 📱 Instagram
❤7🔥4👍1🤩1
September 19, 2026 2.8K 1