REKTOR STIPENDIYASIGA MUNOSIB NOMZODLAR SARALANDI 📚 2026-yil… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

REKTOR STIPENDIYASIGA MUNOSIB NOMZODLAR SARALANDI

📚 2026-yil 17-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish davomida Rektor stipendiyasiga nomzod sifatida hujjat topshirgan iqtidorli talabalarning hujjatlari belgilangan tartib va mezonlar asosida ko‘rib chiqildi.

Saralash jarayonida nomzodlarning akademik ko‘rsatkichlari, ilmiy-tadqiqot faoliyati, tanlov va olimpiadalardagi ishtiroki, erishgan yutuqlari hamda ijtimoiy faolligi atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish va muhokamalar yakuniga ko‘ra, belgilangan mezonlarga munosib deb topilgan talabalar Rektor stipendiyasi tanlovining universitet bosqichida ishtirok etish uchun tavsiya qilindi.

Mazkur saralash jarayoni fakultetda iqtidorli va faol talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy, ijodiy va akademik salohiyatini rivojlantirish, erishayotgan yutuqlarini munosib rag‘batlantirishga qaratilgan tizimli ishlarning amaliy ifodasidir.

Ilm sari intilish — yangi imkoniyatlar sari dadil qadam!


😊 Ingliz tili 2-fakultetining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga a’zo bo‘ling!

📱Telegram 📱 Instagram
❤8🤩2👍1
September 18, 2026 1.9K 4