🔵 YOSHLAR BILAN UCHRASHUV
9 sentyabr kuni Roman-german filologiyasi fakulteti dekani A.Xalillayev 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuv talabalar bilan bevosita muloqot o‘rnatish, ularning ta’lim jarayoniga oid fikr va takliflarini tinglash hamda mavjud muammolarni hal etish maqsadida tashkil etildi. Unda nafaqat ilmiy va ta’lim masalalari, balki talabalar o‘rtasidagi ijodiy va madaniy salohiyatni namoyon etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
📎Shuningdek, TTJ ichki-tartib qoidalariga, sanitariya-gigienaga rioya qilish, binoda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv yakunida, fakultet dekani A.Xalillayev talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib, ularning fikr va tashabbuslarini inobatga olishga tayyorligini ta’kidladi.
Forwarded fromRoman-german filologiyasi fakulteti
14
1September 9, 2026 3.1K 3








