Surabaya davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining O‘zDJTUga… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

Surabaya davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining O‘zDJTUga tashrifi

3-sentabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Indoneziyaning Surabaya davlat universiteti professor-o‘qituvchilari tashrif buyurdilar.

Tashrifdan ko‘zlangan maqsad ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi xalqaro akademik va ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalarni belgilab olishdan iborat bo‘ldi.

Uchrashuv davomida Ingliz tili 1-fakulteti dekani Azzamov Yusufjon Radjaboyevich, Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professor-o‘qituvchilari — pedagogika fanlari doktori (DSc), professor Isroilova D.M. hamda kafedraning boshqa professor-o‘qituvchilari ishtirokida ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlikni kuchaytirish, zamonaviy innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash va yangi ilmiy-amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur tashrif O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, ilmiy salohiyatni rivojlantirish hamda innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤9👍1👏1
September 8, 2026 2.1K 2