Media olamiga sayohat”: birinchi bosqich talabalari uchun mahorat… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

“Media olamiga sayohat”: birinchi bosqich talabalari uchun mahorat darsi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabalari uchun mahorat darslari boshlandi.

8-sentabr kuni “Media va kommunikatsiya” kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori (DSc) Ismailova Klimentina Fuzailovna tomonidan “Axborot xizmati va jamoatchilik aloqalari” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun “Media olamiga sayohat” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida talabalarga bugungi kunda medianing jamiyat hayotidagi o‘rni va ahamiyati, zamonaviy media xususiyatlari, jamoatchilik bilan aloqalar (PR) sohasida ommaviy axborot vositalari bilan samarali ishlash prinsiplari haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, axborot xizmatlari xodimlarining kasbiy vazifalari, burchi va mas’uliyati xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Dars jarayoni interaktiv mashqlar va amaliy topshiriqlar asosida tashkil etilib, talabalar o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Mazkur mahorat darsida bo‘lajak axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar mutaxassislarining media sohasidagi bilimlarini oshirish, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda zamonaviy media muhitini yaxshiroq anglash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤9🔥3
September 8, 2026 3.1K 7