O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro Jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabalari, xush kelibsiz!
2026-yil 7-sentabr kuni Jurnalistika fakultetida 1-bosqich talabalarini tantanali kutib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni universitetning o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Otabek Yusupov ochib berdi. Shuningdek, fakultet dekani Alisher Matyakubov hamda professor-o‘qituvchilar va mehmonlar tomonidan talabalarga samimiy tabriklar va ezgu tilaklar bildirildi.
Tadbir davomida talabalarga universitetdagi ta’lim jarayoni, yaratilgan imkoniyatlar hamda talabalik hayotining muhim jihatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Kelajak jurnalistlari bo‘lish sari ilk qadamni qo‘yayotgan barcha talabalarga yangi o‘quv yilida omad, zafar va ulkan yutuqlar tilaymiz!
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt









