QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI O‘zbekiston… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦

QO‘SHMA TA’LIM DASTURLARIDA YANGI O‘QUV YILI BOSHLANDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari uchun yangi o‘quv yilining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rahbariyati, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi vakillari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda universitet rektori I. Tuxtasinov so‘zga chiqib, talabalarni yangi o‘quv yili bilan samimiy tabrikladi. Talabalarga ta’lim jarayonida faol bo‘lish, yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni puxta egallashlarini tiladi.

Shuningdek, Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘limi boshlig‘i F.M. Rashidova talabalarni tabriklab, yangi o‘quv yilida yuqori natijalarga erishish, bilim olishga bo‘lgan intilishni yanada kuchaytirish hamda universitet hayotida faol ishtirok etishga chorladi.

Tadbir davomida yangi o‘quv yilining maqsad va vazifalari, talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda ta’lim jarayonini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tantanali marosim ko‘tarinki kayfiyatda o‘tib, Qo‘shma ta’lim dasturlari talabalari uchun yangi o‘quv yilining mazmunli boshlanishiga zamin yaratdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤8👍7🎉2🔥1
September 7, 2026 2.8K 9