BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ! O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

BIRLASHIB, BUYUK TARIX YARATAMIZ!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida ilgari surilgan g‘oya va tashabbuslarni keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, “Milliy yuksalish o‘n yilligi”da belgilangan ustuvor vazifalarni targ‘ib etish maqsadida “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy loyihalariga start berildi.

Mazkur loyiha doirasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti psixologi, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Z.T. Xayrullayeva “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Ma’ruzada jamiyat taraqqiyoti, inson qadri, ma’rifat va milliy yuksalish yo‘lida hamjihatlikning ahamiyati haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤20👍5👏5🔥1
September 4, 2026 4.5K 5 2