O‘zDJTU faxriy professorining maqolasi xalqaro nashrda e’lon qilindi… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦

O‘zDJTU faxriy professorining maqolasi xalqaro nashrda e’lon qilindi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti “Arab tili tarjimasi nazariyasi va amaliyoti” kafedrasi faxriy professori Ahmad Jasim Abbas Al-Zubaydiyning navbatdagi maqolasi xalqaro miqyosdagi “Az-Zaman” nashrida e’lon qilindi.

“Texnologiya: yanada insonparvar hayot uchun kundalik yechimlar” nomli maqolada zamonaviy texnologiyalarning inson hayotidagi o‘rni, kundalik muammolarni hal etishdagi imkoniyatlari hamda ulardan samarali foydalanish masalalari yoritilgan.

Maqolaning 2026-yil 4-sentabr kuni nashr etilgani O‘zDJTU professor-o‘qituvchilarining xalqaro ilmiy va axborot makonidagi faolligini namoyon etadi.

📌 Maqolani o‘qish:
Az-Zaman nashridagi maqola

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤16🔥6
September 5, 2026 3.8K 30 2