O‘zDJTU TALABALARI YAPONIYA, KOREYA VA XITOYDA TAHSIL OLADI… — O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ — TG.ME

🟦🟦🟦🟦

O‘zDJTU TALABALARI YAPONIYA, KOREYA VA XITOYDA TAHSIL OLADI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2026/2027-o‘quv yilida xorijiy hamkor oliy ta’lim muassasalarida tahsil oladigan talabalari soni ortmoqda.

Universitetning xalqaro hamkorlik aloqalari va mavjud shartnomalar asosida joriy o‘quv yilida Yaponiya, Koreya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining nufuzli universitetlariga jami 51 nafar talaba bir semestr va undan ortiq muddatga tahsil olish uchun yuborilmoqda.

🇯🇵 YAPONIYA

Yaponiya Hukumati granti hamda universitetlar o‘rtasidagi shartnomalar asosida 14 nafar talaba Yaponiyaning turli oliy ta’lim muassasalarida tahsil oladi.

Talabalarning Yaponiyada:
🔹 o‘qish;
🔹 yashash;
🔹 sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlari Yaponiya Hukumati tomonidan qoplanadi.

Talabalar yapon tili va adabiyoti hamda yaponshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar.

Yaponiyaga jo‘nab ketish jarayoni universitetlar tomonidan belgilangan muddatlarga muvofiq 31-avgustdan 24-sentabrgacha amalga oshiriladi.

🇰🇷 KOREYA RESPUBLIKASI

2026/2027-o‘quv yilida 17 nafar talaba Koreyaning Sunchon va Jeju milliy universitetlarida bir semestr davomida tahsil olish uchun yuborilmoqda.

Sunchon milliy universitetiga boradigan 4 nafar talabaning o‘qish bilan bog‘liq xarajatlari hamda 700 000 von (506 AQSh dollari) miqdoridagi stipendiyasi universitet tomonidan qoplanadi.

Jeju universitetida tahsil oladigan 13 nafar talabaning o‘qish va yotoqxona xarajatlari Koreya tomoni tomonidan qoplanadi.

Talabalar koreys tili va adabiyoti yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar.

Koreyaga jo‘nab ketish 27–29-avgust kunlari amalga oshiriladi.

🇨🇳 XITOY XALQ RESPUBLIKASI

O‘zDJTU va Xitoyning Liaodong universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga muvofiq, 2026/2027-o‘quv yilida 20 nafar talaba mazkur universitetda tahsil olish uchun yuborilmoqda.

Talabalarning Xitoydagi:
🔹 o‘qish;
🔹 yashash;
🔹 sug‘urta bilan bog‘liq xarajatlari Xitoy tomoni tomonidan qoplanadi.

Talabalar xitoy tili va adabiyoti hamda xitoyshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar.

Talabalar Liaodong universiteti tomonidan belgilangan muddatda ro‘yxatdan o‘tish uchun 19-sentabr kuni Xitoyga jo‘nab ketadilar.

Talabalarimizga xorijda ta’lim olish jarayonida muvaffaqiyat va ulkan zafarlar tilaymiz!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
❤33👍11🤩7🔥5🎉1
August 27, 2026 4.7K 66