🔴 Ayni vaqtda Samarqandda Iqlim o‘zgarishi, suv va barqaror rivojlanish bo’yicha Markaziy Osiyo yoshlari konferensiyasi — RCOY CENTRAL ASIA — 2026 bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova, hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdi.
Tadbirda vazir E’zoza Karimova so‘zga chiqib, ushbu konferensiyaning ahamiyati, ekologik ta’lim va “Eco-Schools Uzbekistan” loyihasi doirasida maktablarda erishilgan natijalar haqida so’z yuritdi.
📊 Ma’lumot o‘rnida: Samarqand shahrida 4-6-sentabr kunlari bo‘lib o‘tayotgan ushbu konferensiyada Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston, O‘zbekiston, shuningdek, Afg‘oniston, Ozarbayjon va Turkiyadan kelgan yoshlar qatnashishmoqda.
Tadbir doirasida Mintaqaviy yoshlar bayonoti taqdim etildi va yuqori martabali davlat, BMT hamda hamkor tashkilotlar vakillariga tantanali ravishda topshiriladi.
➖ Shuningdek, delegatlar va yuqori martabali mehmonlar bilan ochiq muloqot tashkil etiladi.
🔰 Unda ishtirokchilar iqlim boshqaruvi, transchegaraviy suv resurslarini boshqarish, muzliklarning erishi va cho‘llanish bo‘yicha o‘z bilimlarini mustahkamlaydilar.
Bizni kuzating:









