Chellenj 🔴 “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” chellenji… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

#Chellenj

🔴 “Jonajon maktabimga kitob sovg‘a qilaman” chellenji Toshkent viloyatida ham davom etmoqda

📖 Chellenj doirasida Zangiota tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Ilhom Xolmirzayev o‘zi ilk faoliyatini boshlagan maktab kutubxonasiga kitoblar sovg‘a qildi.

🤝 Mazkur ezgu tashabbus orqali maktab kutubxonalarini boyitish, o‘quvchilarning kitobxonlikka qiziqishini oshirish hamda yosh avlodga ma’rifat ulashish maqsad qilingan.

📚 Bugun sovg‘a qilingan bir kitob ertaga bir o‘quvchining dunyoqarashini
o‘zgartirishi mumkin.

Bizni kuzating
❤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin
September 5, 2026 7K 56