Samarqand bolalar kelajagi bo‘yicha global muloqot maydoniga aylanadi… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

Samarqand bolalar kelajagi bo‘yicha global muloqot maydoniga aylanadi

2026-yil 21–22-oktabr kunlari Butunjahon sammiti “Bolalar farovonligiga investitsiya: kelajak avlodlar uchun barqaror va adolatli taraqqiyot sari yo’l” bo‘lib o‘tadi.

Sammit 100 dan ortiq mamlakat vakillarini — siyosiy yetakchilar, vazirlar, xalqaro tashkilotlar, ekspertlar, biznes vakillari, fuqarolik jamiyati, akademik doira hamda bolalar va o‘smirlarni bir maydonga jamlaydi.

Bugungi kunda bolalar global chaqiriqlar — mojarolar, iqlim o‘zgarishi, iqtisodiy beqarorlik va ortib borayotgan tengsizlikning eng og‘ir oqibatlarini his qilayotgan guruhlar qatorida turibdi.

Muhokamalar markazida kelajak avlod taqdirini belgilovchi yo‘nalishlar bo‘ladi:
• bolalar manfaatiga yo‘naltirilgan ijtimoiy himoya;
• bolalarni himoya qilish va integratsiyalashgan qo‘llab-quvvatlash tizimlarini rivojlantirish;
• qulay va barqaror sog‘liqni saqlash tizimi;
• bolalar saratoniga qarshi kurash;
• erta bolalik rivoji va inklyuziv ta’limda hamkorlikdagi yechimlar.


Sammit doirasida shuningdek II xalqaro bolalar onkologiyasi kongressi ham o‘tkaziladi.

Uchrashuvning asosiy natijalaridan biri sifatida Samarqand bolalar farovonligiga investitsiya qilish bo‘yicha deklaratsiya qabul qilinadi — bu aniq harakatlar va xalqaro hamkorlikka chaqiriq bo‘ladi.

Bolalarga investitsiya qilish — barqaror, adolatli va tinch kelajakka investitsiya qilish demakdir.

2026-yil 21–22-oktabr
Samarqand shahri, O’zbekiston


Batafsil ma’lumot:
investinchildren.uz
Ijtimoiy tarmoqlarimiz:
https://taplink.cc/investinchildren
September 4, 2026 6.9K 14