Сўраган_эдингиз ❓Men yaqinda dekret taʼtilidan qaytib, sentabrdan ish… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

#Сўраган_эдингиз

Men yaqinda dekret taʼtilidan qaytib, sentabrdan ish boshlamoqchiman kuzgi attestatsiyaga hujjat topshira olamanmi?

😀😀😀

🔺Ha, bemalol hujjat topshira olasiz.

✅ Toifangizni oshirish maqsadida kuzgi mavsum uchun navbatdan tashqari attestatsiya turi uchun oʻz xohishingiz bilan ariza topshirish huquqiga egasiz.

✅Oʻz xohishingiz bilan imtihon topshirib, yetarli ball toʻplay olmasangiz ham, amaldagi toifangiz tushirilmaydi (saqlanib qoladi).

🇺🇿Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, dekret taʼtilidan qaytgan pedagoglar uchun majburiy attestatsiyaga jalb etilishining quyidagi tartib belgilangan:

🔺Homilador ayollar, ular homilador boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
🔺Homiladorlik va tugʻish hamda bolani parvarish qilish taʼtillarida boʻlgan ayollar, ular taʼtilda boʻlgan davrda hamda ishga chiqqanidan keyin bir yil davomida;
🔺Pedagogik faoliyat bilan shugʻullanayotgan uch yoshgacha bolalari bor ayollar.


🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating
❤ Telegram                   🌐 Facebook
🌐 Youtube                     🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin
September 4, 2026 13K 65