sohaga_doir_hujjatlar 📣 Maktablarda madaniyat va sanʼat yoʻnalishida… — Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi — TG.ME

#sohaga_doir_hujjatlar

📣 Maktablarda madaniyat va sanʼat yoʻnalishida toʻgaraklar tashkil etiladi


Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2026-yil 27-avgustdagi tegishli buyrugʻiga asosan, “Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida musiqa va sanʼat yoʻnalishidagi toʻgaraklarni tashkil etish va faoliyatini yoʻlga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

🔹 Davlatimiz rahbarining joriy yil 2-iyundagi 103-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlashga qaratilgan mazkur tartib doirasida:

yangi oʻquv yilidan boshlab umumtaʼlim maktablarida “Dutor”, “Milliy raqs”, “Yosh doirachilar”, “Tasviriy sanʼat” yoʻnalishlari boʻyicha toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

📍 Toʻgaraklarda oʻquvchilar chuqurlashtirilgan holda haftasiga 2 soatdan (jami 72 soat) oʻqitiladi. Shuningdek, toʻgarak aʼzolari oʻrtasida turli tanlovlar tashkil etiladi va ular orasidan iqtidorli oʻquvchilar saralab olinadi.

👉 Mazkur toʻgaraklarni tashkil etishdan asosiy maqsad, yoshlar oʻrtasida milliy sanʼatimizni keng targʻib qilish va ularni kelajak avlodga munosib yetkazishdan iborat.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizni kuzating:
❤Telegram                   🌐 Facebook
🌐Youtube                     🌐Instagram
🔎Veb-sayt                     😄 Linkedin
September 2, 2026 29.1K 395