Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi: post #45280 — TG.ME

šŸ‡ŗšŸ‡ø Oregon shtati 1-sentabrni ā€œOā€˜zbekiston Mustaqilligi kuniā€ deb e’lon qildi

šŸ“† AQShning Oregon shtati gubernatori Tina Kotek 2026-yil 1-sentabrni shtat miqyosida ā€œOā€˜zbekiston Mustaqilligi kuniā€ (Uzbekistan Independence Day) deb rasman e’lon qildi. Tegishli proklamatsiya Oregon davlat kotibi Tobias Rid tomonidan ham tasdiqlangan.


Mazkur qaror Oā€˜zbekiston davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan qabul qilingan. Proklamatsiyada mamlakatimizning suverenitetini mustahkamlash, boy madaniy merosini asrab-avaylash, tinchlik va farovonlikni ta’minlash, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni izchil amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlari qayd etilgan.

Hujjatda Oā€˜zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi va Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirishdagi oā€˜rni, shuningdek, Oā€˜zbekiston–AQSh munosabatlarining savdo, investitsiyalar, texnologiyalar, ta’lim, toza energetika, turizm va xalqlararo almashinuvlar yoā€˜nalishlarida kengayib borayotgani e’tirof etilgan.


Oā€˜zbekiston Mustaqilligi kunining AQShning butun bir shtati miqyosida rasman e’tirof etilishi mamlakatimizga boā€˜lgan xalqaro e’tibor va Oā€˜zbekiston–AQSh munosabatlari tobora kengayib borayotganining muhim ifodasidir.


šŸ“ŒMa’lumot uchun, Oregon AQShning Tinch okeani sohilidagi muhim iqtisodiy va texnologik markazlardan biri boā€˜lib, shtat aholisi 4,3 milliondan ortiq. Shtatda yuqori texnologiyalar, xususan, yarimoā€˜tkazgichlar sanoati rivojlangan boā€˜lib, Intel kompaniyasining yirik ilmiy-ishlab chiqarish majmuasi ham shu hududda joylashgan.


Prezident Administratsiyasi rahbarining shartnoma asosida jalb qilinadigan maslahatchisi, Prezident Administratsiyasining AQSHdagi vakili Komil Allamjonov ushbu tashabbus uchun amerikalik hamkorlarimizga samimiy minnatdorlik bildirdi.

Bizni kuzating
ā¤ Telegram          🌐 Facebook
🌐 Youtube           🌐 Instagram
šŸ”Ž Veb-sayt          šŸ˜„ Linkedin
August 29, 2026 32.2K 58